Скачать песню Shoxruxbek Ergashev - Alam ekan в mp3 или слушать бесплатно

Текст песни

Atirgulni xushbo'y dema so'lib ketar
Biroq gulim yuragimni tilar ekan
Sen sevasan boshqa biri olib ketar
Sevib turib yetolmasang alam ekan

Ko'z o'ngimda so'lar bo'ldi atirgulim
Dardim bilan yig'laydi dod axir dilim
Xoli xarob oshiq yurak dilim dilim
Sevib turib yetolmasang alam ekan

Sevdim biroq yuragimni tilar bo'ldim
Ayriliqning azobidan kuyar bo'ldim
Tiriklayin ul qabirga kirar bo'ldim
Sevib turib yetolmasang alam ekan

Dod soladi nima deyman endi dilga
Sevdim biroq yurolmadim birga birga
Taqdir ravo ko'rmadimi yorni menga
Sevib turib yetolmasang alam ekan